HTML

HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi.

Tarix: HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.


<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<title>Bu sarlavha</title>
</head>
<body>
<div>
<p>Salom dunyo!</p>
</div>
</body>





CSS

Cascading Style Sheets (CSS) — belgilash tillari formal tili. CSS ning toʻliq shakli 1997-yil tashkil topgan boʻlib, „WWW Consorcium“da qoʻllab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qoʻllab quvvatlay oladi. Birnchi marta 1996-yil 17-dekabrda foydalanilgan.

CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qoʻyishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini oʻzgartirmasdan, faqat CSS faylni oʻzgartirish orqali veb sahifaga yangidan koʻrinish berishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa boʻladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani oʻz boʻyniga olgan.

<div id="div">
<p class="p">Salom dunyo!</p>
</div>

#div {
width: 100%;
height: 100px;
background-color: red;
}

.p {
color: yellow;
}

Salom dunyo!






SASS

SASS bu CSS'ga tegishli. Biz SASS da huddi CSS dagi vazifani qilamiz. Lekin SASS da bu onsonroq (Albatta hammaga har-hil). Misol uchun CSS da kodlarining juda kop bo'lib ketadi. Agar siz SASS da bajardangiz kodlaringiz tushunarliroq bo'lishi mumkun.

Sass-dan foydalanishni boshlaganingizdan so'ng, prrrosessor sizning Sass faylingizni qayta ko'rib chiqing va uni har qanday saytda ishlatishingiz mumkin bo'lgan oddiy CSS fayl sifatida saqlaydi.

Bunday natijaga erishishning eng oson usuli - terminaldan foydalanish. Sass o'rnatilgandan so'ng, siz Sass buyrug'i yordamida SSS-ni CSS-larda tuzishingiz mumkin. Siz shunchaki Sass-ni aytishingiz kerak, qaerda Sass faylini olish va uni CSS faylini tuzish kerak. Masalan, Terminalda Sass Onpute.Css chiqish buyrug'ini ishga tushirish, siz Sass-faylni, kirish va mahsulot fayliga to'plash uchun SSASS xabar berasiz.

Bundan tashqari, siz faqat ma'lum fayllar yoki papkalarni - boshqaruvchi bayrog'idan foydalangan holda o'zgartirishingiz mumkin. Ushbu bayroq o'zgarishlarni kuzatib borishingiz kerak bo'lgan bu bayroq xabarlari ko'rsatilgan fayllar Va agar fayllarni saqlashdan keyin CSS-ni qayta to'ldirish bo'lsa. Agar siz o'zingizning fayllaringizning o'zgarishi (qo'lda qayta ishlov berish o'rniga), masalan, Kirish.SSSS, keyinchalik sizga bayroq qo'shish kerak:

#div {
width: 100%;
height: 100px;
background-color: red;

.p {
color: yellow;
}
}






BOOTSTRAP

Bootstrap — bu mobil qurilmalar uchun moslashuvchan hamda front-end dasturlash uchun moʻljallangan bepul va ochiq kodli CSS freymvorki va CSS da yozib qo'yilgan class'lar to'plami! Bootstrap'da yana tayyor JS funksiyalarham yozilgan.

Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to’liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o’zingiz istagan sayt ko’rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin.

Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to’liq yuklab olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda esa Bootstrap to’g’risida tayyorlangan video darsni juda ko’plab topish mumkin.

<div class="bg-danger p-2">
<p class="text-success">Salom dunyo!</p>
</div>

Salom dunyo!






JavaScript

JavaScript — JS nomi bilan ham qisqartiriladigan ECMAScript spesifikatsiyasiga mos keladigan yuqori darajali hamda aniq talqin qilingan dasturlash tili.

Imkoniyatlari: Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi boʻlib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita boʻladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir. Javascriptning asosiy vazifasi — HTML konteynerlar atributlarining qiymatlarini va koʻrsatuvchi muhitining xossalirini HTML sarlavhalarni koʻrish jarayonida foydalanuvchi tomonidan oʻzgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML) tushuniladi. Yana shuni aytish joizki, sarlavhalar qayta yuklanmaydi. Amalda buni, masalan, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavhaning fonining rangini yoki hujjatdagi rasmni oʻzgartirish, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish oynasini chiqarish.

„JavaScript“ nomi Netscape kompaniyasining xususiy maxsuloti hisoblanadi. Microsoft tomonidan amalga oshirilgan til rasman Jscript deb nomlanadi. Jscript versiyalari Javascriptning mos versiyalari bilan mos keladi (aniqroq qilib aytganda oxirigacha emas).

Javascript, ECMA (European Computer Manufacturers Association — Yeropa kompyuter ishlab chiqaruvchilar assotsiyatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan. Mos standartlar quydagicha nomlanadi: ECMA-262 va ISO-16262. Ushbu standartlar bilan Javascript 1.1ga taqriban ekvivalent ECMAScript tili aniqlanadi. Eslatish joizki, bugungi kunda Javascript ning hamma versiyalari ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi. Mazkur kurs yoki qoʻllanmada barcha hollarda biz Javascript nomidan foydalanamiz.

Xususiyatlari: Javascript, bu Internet uchun katta boʻlmagan xaridor va server ilovalarni yaratishga moʻljallangan nisbatan oddiy jismga yoʻnaltirilgan til. Javascript tilida tuzilgan dasturlar HTML hujjatning ichiga joylashtirilib ular bilan birga uzatiladi. Kurish dasturlari (brauzerlar va hokazo) Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer hujjat matniga joylashtirilgan dasturlarni (Scriptkod) uzatishadi va bajarishadi. Shunday qilib, Javascript — interpritatorli dasturlash tili hisoblanadi. Javascriptda tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan maʼlumotlarni tekshirayotgan yoki hujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni bajaruvchi dasturlar misol boʻlishi mumkin.

JavaScriptʼda yaratilgan dasturlarga misol sifatida foydalanuvchi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni tekshiruvchi, hujjatni ochish yoki yopish vaqtida qandaydir amallarni bajaruvchi dasturlarni keltirish mumkin. Bunday dasturlar foydalanuvchi tomonidan berilgan koʻrsatmalarga — sichqoncha tugmachasini bosilishiga, maʼlumotlarni ekran orqali kiritishiga yoki sichqonchani sahifa boʻylab siljitilishiga koʻra ish bajaradi. Bundan tashqari JavaScript dagi dasturlar brauzerning olzini va hujjatning atributlarini ham boshqarishi mumkin.

JavaScript dasturlash tili sintaktik jihatdan Java dasturlash tiliga, jismli modellashni istisno qilgan holda, oʻxshab ketsada, lekin maʼlumotlarni statik turlari va qatʼiy tiplashtirish kabi xususiyatlarga ega boʻlmaydi. JavaScript, Java dasturlash tilidan farq qilib, sinf tushunchasi bu tilning asosiy sintaktik qurilmasi hisoblanmaydi. Bunday asos sifatida foydalanilayotgan tizim tomonidan qolllab-quvvatlanayotgan, oldindan aniqlangan maʼlumot tiplari: sonli, mantiqiy va satrli; mustaqil ham boʻlishi, jismning usuli sifatida ham ishlatilishi mumkin bollgan funksiyalar; katta sondagi uz xossalariga va usullariga ega boʻlgan hamda oldindan aniqlangan jismlardan iborat jismli model va yana dastur ichida foydalanuvchi tomonidan yangi jismlarni berish qoidalari hisoblanadi. JavaScriptʼda dasturlar yaratish uchun hech qanday qoʻshimcha vositalar kerak boʻlmaydi, faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qoʻllanishi mumkin boʻlgan brauzer va DHTML hujjatlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri kerak boʻladi.

const x = 2021
const y = 2005
console.log(x - y)

16